Norezidentdan valyutada qarz olinsa...

preview

Norezident kompaniyadan  6 oy muddatga valyutada qarz oldik. Qarzni soʻndirishda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan pastroq edi. Shartnoma talablariga muvofiq  qarzdan toʻliq qutuldik.

Qarz oluvchining daromadlarini aniqlash kerakmi? Bunda qanday soliq oqibatlari bor? 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila Karimova javob berdi:

 

– «Agar qarz oluvchi  yuridik shaхs  Oʻzbekiston rezidenti, qarz beruvchi yuridik shaхs norezident boʻlsa, soliq oqibatlari yuzaga keladi:

 

1. Qarz oluvchi uchun

 Foizsiz qarz

MB asosiy stavkasidan past boʻlgan foizli qarz 

MB asosiy stavkasidan yuqori boʻlgan foizli qarz

Soliq oqibatlari yoʻq.  

Foizli daromadni toʻlash boʻyicha хarajatlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadigan хarajatlar tarkibiga kiritiladi

 

2. Soliq agenti  boʻlgan qarz beruvchi va qarz oluvchi uchun:

Foizsiz qarz

MB asosiy stavkasidan past boʻlgan foizli qarz

MB asosiy stavkasidan yuqori boʻlgan foizli qarz

Norezidentda – daromad yoʻq.

Soliq agentida foyda soligʻini ushlab qolish boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi.

Foizlar koʻrinishidagi daromadlarga toʻlov manbaidagi  foyda soligʻi solinadi

Soliq agentida 10% stavka boʻyicha yoki ikkiyoqlama soliq solishning (SK 6, 354, 357-m. talablarini bajarishda) oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomaga muvofiq  foyda soligʻini ushlab qolish majburiyati SK 353-m. yuzaga keladi»

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text177065_norezidentdan_valyutada_qarz_olinsa