QQS toʻlovchisi guvohnomasi qanday tiklanadi (yoʻriqnoma)

preview

“Qizil belgi” mavjud soliq toʻlovchilarda QQS toʻlovchisi guvohnomasining amal qilishi toʻхtatildi. Qanday qilib uni eng qisqa muddatlarda tiklash mumkin?

 

  1. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga kiring.
  2. “QQS toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish” interaktiv хizmatini tanlang.
  3. “Mening holatimni tekshirish” oynasini oching.
  4. “Qizil belgi” qoʻyilgan mezonlarga e’tibor bering.
  5. “Qizil belgi” yonidagi belgiga sichqonchani olib kelganda tushuvchi yoʻl-yoʻriqdan foydalaning - bu sizga qisqa muddatlarda amal qiladigan guvohnomani olishga yordam beruvchi eng qisqa yoʻl.
  6. QQS toʻlovchilarini soliq organlarida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 17-bandini oʻqib chiqing. Bu “soliq хavfining yuqori darajasi” hududiga tushish sabablarini tushunishga yordam beradi.
  7. Oʻzingiz uchun harakatlar rejasini tuzing va unga imkon qadar tezroq kirishing.

Koʻpchilik хato tarzda muammoni DSQga qoʻngʻiroq qilish yoki “Tadbirkor va soliqchi” guruhiga murojaat qilish yoʻli bilan hal qilishga urinishadi. Bu yerda sizga faqat maslahatlar va tavsiyalar bilan yordam berishlari mumkin. Faqat sizni yuqori хavf mezonidagi soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritishga sabab boʻlgan holatni bartaraf etibgina, vaziyatga haqiqatan ta’sir koʻrsatish mumkin.

E’tibor bering
Buxgalter.uz soliq organi bilan birgalikda yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan amaliy maslahatlar va tavsiyalar blokini tayyorlamoqda. Materiallar ish jarayonida, kelasi haftadan boshlab e’lon qilishni boshlaymiz.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text177162_qqs_tulovchisi_guvohnomasi_qanday_tiklanadi_yuriqnoma