EHFda nimaga “soliq uzilishi koeffitsiyenti” paydo boʻldi

preview

EHFda xaridor va sotuvchi rekvizitlari tagida yangi qator - “soliq uzilishi koeffitsiyenti” paydo boʻldi. Bu  nima uchun kerak boʻlishi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra, DSQ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti boshligʻi Hayotjon Nasrulloyev soʻzlab berdi:

 

- “Soliq  uzilishlari – bu soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi shart boʻlgan soliqlar hamda amalda toʻlangan soliq summasi oʻrtasidagi farq. Mazkur holatda  - soliq toʻlovchi tomonidan yetkazib beruvchi – kontragentlardan olinadigan EHF asosida hisobga olinadigan soliq hisobotida QQS summasining aks etishi. Bunda mazkur operatsiyalar boʻyicha koʻrsatilgan kontragentlar byudjetga QQS toʻlamagan yoki bu operatsiyalarni EHFda aks ettirmagan, yohud soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etmagan.

Soliq toʻlashdagi uzilishlarni aniqlash uchun tovarlar (xizmatlar) yetkazib berish zanjirining ikkinchi, uchinchi va keyingi boʻgʻinlaridagi kontragentlar tomonidan byudjetga QQS toʻlanmaganligi ham hisobga olinadi. Ularning xatti-harakatlari kelishuv (huquqiy, iqtisodiy yoki boshqa nazorat) xususiyatiga egadir.

Endilikda EHFdagi kontragentlar rekvizitlari ostida rangli maydonchada uzilish koeffitsiyentlari koʻrsatiladi. Ularga qarab, ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan oʻsha aniq kontragent bilan ishlash qanchalik xavf tugʻdirishini baholashingiz mumkin. Uzilish koeffiyetsenti qanchalik yuqori boʻlsa,  rang shunchalik “qizgʻish” tusga kiraveradi:

- 0,00 dan 0,20 gacha – yashil chiziq;

- 0,21 dan 0,40 gacha – zangori;

- 0,41 dan 0,60 gacha – yorqin qizil;

- 0,61 dan 1,0 gacha – toʻq qizil.

 

E’tibor bering
Uzilish koeffitsiyenti QQS toʻlovchining sertifikatiga ta’sir koʻrsatmaydi. Ya’ni, koeffitsiyent eng yuqori boʻlgan taqdirda ham sertifikat faolligicha qoladi.

Hozirgacha uzilish koeffitsiyenti – soliq toʻlovchilar uchun zarur ma’lumot boʻlib,  xavf-xatardan ogoh boʻlishdagi  yana bir belgi hisoblanadi.

Kontragentda koeffitsiyent qanchalik yuqori boʻlsa, hamkor bilan ish olib borilganda  shunchalik ehtiyotkor va diqqat-e’tiborli boʻlish lozim.

Uzilish koeffitsiyenti yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar esa, oʻz navbatida, kontragentlarini  e’tibor bilan qayta koʻrib chiqishlari lozim. Sababi, QQS zanjirida kimdir soliq toʻlamasa, bu sizga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.

Oleg GAYeVOY tayyorlagan


EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text177378_ehfda_nimaga_soliq_uzilishi_koefficienti_paydo_buldi