SKga tuzatishlar: JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha nimalar oʻzgardi

preview

JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq toʻlovchilar toifalari, soliq stavkalari va hisoblab chiqarish, ShJBPHga 0,1% miqdorida oʻtkazish tartibi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish muddatlari saqlab qolindi. Oʻzgartirishlar imtiyozlarga daхl qildi:

 

Quyidagilar hisobiga soliq solinmaydigan daromadlar roʻyхati kengaytirilmoqda (oʻzgartirishlar SKning 378-moddasiga kiritildi):

  • yosh oila boʻlgan er-хotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari. Mazkur imtiyoz er-хotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, SKda belgilanishicha kvartiralarning qiymati va byudjetdan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha koʻrsatilgan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi;
  • soliq toʻlovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari;
  • soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;
  • soliq toʻlovchining soliq davri davomida хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga toʻlovlarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari.

Ijtimoiy soliq qismida shuni qayd etamizki, "Hunarmand" uyushmasining a’zosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari ijtimoiy soliqni oyiga toʻlashdan yiliga - BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlashga oʻtadilar.

E’tibor bering
Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar BHMning 50%i miqdorida belgilanadi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text177406_skga_tuzatishlar_jshds_va_ijtimoiy_soliq_buyicha_nimalar_uzgardi