Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun bilan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi hamda хorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston hududiga kirishi va u orqali tranzit oʻtishi uchun ikkita yangi yigʻim joriy qilindi:
1. 2022 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari *
|
T/r |
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi |
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich |
Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda |
||||
|
Toshkent sh. |
Nukus sh. va viloyat markazlaridagi shaharlar |
boshqa aholi punktlari |
|||||
|
1 |
Uy-joylar: |
||||||
|
|
|
|
Qanday boʻlgan |
Qanday boʻldi |
Qanday boʻlgan |
Qanday boʻldi |
Oʻzgartirilmadi
|
|
|
Turar joy |
umumiy maydonning 1 kv.metri uchun |
14 000 |
15 500 |
6 500 |
9 500 |
4 000 |
|
|
Noturar joy |
29 000 |
32 000 |
17 000 |
18 500 |
7 500 |
|
|
2 |
Avtomobil transporti: |
||||||
|
|
|
|
Qanday boʻlgan |
Qanday boʻldi |
|||
|
|
yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) |
1 ta avtotransport vositasi uchun |
575 000 |
630 000 |
|||
|
|
Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari |
1 150 000 |
1 250 000 |
||||
*Mazkur stavkalar jismoniy shaхslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
2. 2022 yil uchun хorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va u orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar stavkalari
|
T/r |
Yigʻim turi |
Bir avtotransport (avtopoyezd) uchun yigʻim stavkasi (AQSh dollarida) |
|
|
|
|
Qanday boʻlgan |
Qanday boʻldi |
|
1 |
Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va u orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar |
– |
150 |
|
2 |
Afgʻoniston Respublikasi yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va u orqali tranzit oʻtganligi uchun yigʻimlar |
– |
50 |
Saida JONIZOQOVA tayyorladi.