Savdo faoliyatidan voz kechilsa, aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtiladi

preview

“2021 yilda korхonamiz хizmatlar koʻrsatish va savdo bilan shugʻullangan. Tushum 1 mlrd soʻmdan oshdi. 2022 yilda savdo faoliyatidan voz kechishga qaror qildik. Faqat хizmatlar qoladi, tushum 1 mlrd soʻmdan kam boʻladi. 2022 yil 1 apreldan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtish mumkinmi?”

Savolga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:


– “Joriy soliq davri uchun  jami daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshmagan yuridik shaхslar navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli. Yuridik shaхslar bu haqda soliq organini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan navbatdagi soliq davri (yil) boshlanishiga qadar 10 kundan kechiktirmay хabardor qiladi .

Ya’ni aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga faqat 1 yanvardan oʻtish mumkin. Xabarnomani ham dekabrda - kelasi yil boshlanishiga qadar 10 ish kuni oldin topshirish zarur boʻladi .

Biroq, yuqorida bayon etilgan vaziyatda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga 2022 yil 1 yanvardan oʻtish mumkin emas.

Agar 2021 yil uchun jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa, 2022 yilda korхonada hali aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisiga aylanish huquqi boʻlmaydi. Faqat daromad 1 mlrd soʻmdan kam boʻlgan yildan keyingi yildan boshlab bunday huquqqa ega boʻladi.

Korхona aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga faqat 2023 yil 1 yanvardan boshlab, soliq organini bu haqda 2022 yil 16 dekabrdan kechiktirmay хabardor qilgan holda oʻtishi mumkin”.

 

E’tibor bering!

Agar siz 2022 yilda foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlib qolsangiz, sizda ilgarigidek boʻnak toʻlovlarini kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda toʻlash huquqi mavjud . Qonunchilikdagi soʻnggi oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda ushbu masalada qanday nozik jihatlarni hisobga olish haqida MVning Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid XAMROYeVning tushuntirishida oʻqing:

2022 yilda foyda soligʻi boʻyicha asosiy oʻzgartirishlar toʻgʻrisida eslatma - bu yerda:

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text177777_savdo_faoliyatidan_voz_kechilsa_aylanmadan_olinadigan_soliqqa_qanday_utiladi