9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda $10, qish mavsumida 20 noyabrdan 20 fevralgacha esa $25 miqdorida davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu 2022 yil 15 yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Farmonda nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2022 yil 1 maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln soʻm miqdorida grantlar ajratiladi.
Grantlar:
- onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratish, xorijdagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etish uchun moʻljallangan;
- Oʻzbekistonga 3 yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.
Norma.uz materiallari asosida