Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2022 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga raqamli markirovkalash qoidalarini buzmagan holda mahsulotlarni olib kirish va hisobga olish vazifasi yuklatilgan
. Mahsulotlar toʻgʻri markirovkalanganda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtishda muammolar yuzaga kelmaydi.
Ushbu masalada nimalarga e’tibor berilishi lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan «CRPT TURON» MChJ menejeri Fazliddin SAYDULLAYeV gapirib berdi:
Markirovkalangan tovarni olib kirish va hisobga olishning oʻziga xos jihatlari
– «Markirovka qilingan tovarni olib kirishda standart bojxona tartib-taomillari amalga oshiriladi. Yagona farqi quyidagicha: mahsulot raqamli markirovka qilinishi lozim. Uni sotish chogʻida hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKM cheklarida raqamli markirovkalash kodlari uchun ajratilgan ustun toʻldirilishi lozim.
Hisobda markirovkalangan tovarning har birligi noyob tovar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar markirovka qilinmaydi.
Markirovkalangan tovarni olib kirishda kodlar uchun toʻlov qanday toʻlanadi
Markirovka kodlari berilishi va kuzatib borilishi uchun import qiluvchi toʻlov toʻlaydi. Bunday toʻlovni operatorning hisobraqamiga bank oʻtkazmalari orqali soʻmda amalga oshirish mumkin. Operator xizmatlari uchun toʻlov toʻlashning boshqacha shakllari nazarda tutilmagan.
Import qilish chogʻida tovar uchun markirovka kodlariga buyurtma qanday beriladi? Kim va qayerda import qilinadigan tovarlarni markirovkalashi lozim
Tovarni markirovkalash majburiyatini, shu jumladan markirovka kodlarini olish va ularni tovarga kiritish, tovarning Oʻzbekiston hududidagi dastlabki mulkdori boʻlgan import qiluvchi ham tovarni markirovkalangan tovarlar katalogida roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.
Dori vositalari istisno qilinadi. Qonun hujjatlarida ularni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchi zimmasiga yuklatilgan.
E’tibor bering: import qiluvchi tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uning markirovkalanishini ta’minlashi lozim.
Markirovkalangan import mahsulotlarni Oʻzbekiston hududida muomalaga qanday toʻgʻri kiritish lozim
Agar siz kodlarga buyurtma berib, ularni tovarga kiritgan, lekin hali muomalaga chiqarmagan boʻlsangiz, ularni yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega boʻlmaysiz. Sotishdan oldin albatta tovarlarni muomalaga kiriting:
1. Mahsulot muomalaga kiritilishi haqidagi xabarnomani «Asl belgisi» markirovkalash axborot tizimida shakllantiring.
2. Mahsulot erkin muomalaga chiqarish (import) uchun rasmiylashtirilgandan soʻng markirovkalangan tovarlar olib kirilishi (import) toʻgʻrisidagi xabarnomani raqamli markirovkalash tizimiga kiriting. Unda quyidagilarni koʻrsating:
- bojxona yuk deklaratsiyasi rekvizitlari;
- markirovkalangan tovar haqidagi ma’lumotlar;
- har bir import qilingan mahsulot birligining markirovka kodlari (yoki agregatsiyalash kodlari) roʻyxati.
Bunday xabarnomani qanday toʻldirish va taqdim etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani saytdan yoki «Asl belgisi» raqamli markirovkalash tizimi operatorining texnik koʻmak xizmatidan olishingiz mumkin.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Oleg GAYeVOY tayyorladi.