TIF

Material sanasi 28.09.2026
Bojxona qoʻmitasi «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimida allaqachon yetkazib berilgan mahsulotlar uchun toʻlovni kechiktirayotgan ishonchsiz xorijiy hamkorlar – kompaniyalar reyestri shakllantirilganini ma’lum qildi. Yangilik tashqi savdo shartnomalarini tuzadigan Oʻzbekistonning barcha rezidentlariga, birinchi navbatda eksport qiluvchilarga taalluqli: kontragentni tekshirish endi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishga kiritilgan va hisob-kitob shartlarini tanlashga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Eksport paytida kontragentlarni qanday tekshirish va soliq nozikliklarini hisobga olish haqida buxgalter.uz saytida «Norma» eksperti Oleg SOY tushuntirish beradi. ... 

Material sanasi 28.07.2026
Agar tashqi savdo shartnomasida yetkazib berish asosi belgilangan boʻlsa – masalan, «FOB X punkti» yoki «CIP Y punkti» – Incoterms® 2020 atamasining qanchalik aniq tanlanganligi va yozilganligiga qarab, tashish va sugʻurta toʻlovlarini kim toʻlashi, tovarning yoʻqolish xavfi qaysi paytda sotuvchidan xaridorga oʻtishi va qanday xarajatlar tannarxga yoki bojxona qiymatiga kiritilishi aniqlanadi. Bu xorijiy hamkor bilan oldi-sotdi shartnomalarini tuzadigan har qanday kompaniyaning buxgalterlari va TIF boʻyicha mutaxassislariga taalluqlidir. Yetkazib berish shartlarining noaniq ifodalanishi tovar yoʻlda boʻlganidan soʻng yuk tushirish xarajatlarini, oddiy yoki qoʻshimcha sugʻurtani kim qoplashi haqidagi bahsga olib kelishi mumkin. ... 

Material sanasi 03.07.2026
Muayyan sharoitlarga qarab, import uskunalarni montaj qilish soliq oqibatlariga olib kelishi yoki kelmasligi mumkin. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» ekspertlari tushuntirib berishdi: ... 

Material sanasi 01.06.2026
E-kontract (E-Contract) – Oʻzbekistonda eksport va import shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularni nazorat qilish uchun yagona axborot tizimi. Barcha xizmat koʻrsatuvchi banklar, soliq va bojxona organlari unga ulangan. Quyida buxgalter ushbu tizim haqida nimalarni bilishi kerakligi, 2026 yilda E-kontract da tashqi savdo shartnomalari qanday roʻyxatdan oʻtkazilishi haqida soʻz yuritamiz. ... 

Material sanasi 16.04.2026
Bojxona qoʻmitasi xizmatlarining salmoqli qismini YaIDXP orqali tezkorlik bilan olish mumkin. Shu jumladan – litsenziyani qayta rasmiylashtirish yoki olish, olib oʻtilayotgan tovarlar haqida xabardor qilish, bojxona toʻlovlari boʻyicha toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashni soʻrash... Qulaylik uchun buxgalter.uz bojxonaning bunday onlayn-xizmatlarini qulay jadvalga jamladi. Koʻzdan kechiring, ehtimol ulardan birontasi sizga kerak boʻlib qolar. Ma’lumotlar 2026 yil aprel oyi oʻrtalaridagi holatga koʻra dolzarblashtirilgan: ... 

Material sanasi 03.02.2026
Korxona Oʻzbekiston norezidentlariga vositachilik xizmatlari koʻrsatib, ularning tovarlarini komissiya shartnomalari boʻyicha realizatsiya qilmoqda. Ushbu vaziyat boʻyicha soliq oqibatlari – buxgalter.uz sharhida: ... 

Material sanasi 23.12.2025
«Oʻzbekiston korxonasi – ta’sischi xorijiy korxonaning ustav kapitaliga hissa sifatida xorijga temir yoʻl vagonlarini joʻnatadi. Bunday topshirish soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi va unga QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi?» Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 01.12.2025
Importning bojxona rasmiylashtiruvi bilan sizda alohida mutaxassislar shugʻullansa ham, buxgalteriya baribir bojxona rasmiylashtiruvining koʻplab muhim jihatlarini bilishi kerak. Bojxonada yuk qanday bosqichlardan oʻtadi, qanday toʻlovlar va qancha miqdorda amalga oshiriladi, butun jarayon qancha davom etadi va eng muhimi – buxgalter aktivlarni hisobga toʻgʻri qabul qilish uchun chiqishda qanday hujjatlarni olishi kerak? Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 07.10.2025
Imtiyozlar boʻyicha dastlabki qaror bojxona imtiyozlarini notoʻgʻri qoʻllash bilan bogʻliq xalqaro operatsiyalardagi xavflarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Uni qanday olish mumkinligini buxgalter.uz koʻrsatmasida oʻqing: ... 

Material sanasi 29.08.2025
«Korxona 40 000 AQSh dollarilik summaga 100 ta kompyuterni ularning ishlashini ta’minlaydigan operatsion tizim bilan import qilmoqda. Kontrakt va tasnifda operatsion tizimni hisobga olgan holda kompyuterlarning umumiy narxi va qiymati koʻrsatilgan. Uning qiymati alohida koʻrsatilmagan. Mazkur vaziyatda bojxona qiymatiga nima kiritiladi?» Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 18.07.2025
«Korxona Oʻzbekiston bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel silindrlarining ishchi hajmi 1 000 kub sm boʻlgan yangi avtomobilni Germaniyadan import qilmoqda. Bojxona rasmiylashtiruvi sanasidagi MBning shartli kursi – 1 AQSh dollari uchun 13 000 soʻm. Bojxona qiymatidan foizlardagi kombinatsiya qilingan stavkani va unga qoʻshilgan tarzda soliq solinadigan tovar birligi uchun stavkani qanday qoʻllash mumkin?» Buxgalter.uz tushuntiradi: ... 

Material sanasi 23.06.2025
2025 yil 1 iyundan boshlab Oʻzbekistonda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yangilangan TIF TN qoʻllanilmoqda. Demak, agar E-Contract tizimidagi TIF-shartnomalarga oid spetsifikatsiyalarda eskirgan kodlar qolgan boʻlsa, kodlar mos kelmasligi sababli BYuDni rasmiylashtirish mumkin boʻlmaydi. Spetsifikatsiyaga oʻzgartirishlar kiritishni buxgalter.uz soʻroviga koʻra Bojxona qoʻmitasining Valyuta nazorati va notarif tartibga solish boshqarmasi katta inspektori Bobur VOHIDOV tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 10.06.2025
7 iyundan yangilangan shakldagi TIF TN joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxati kuchga kirdi. Yangi kodlar 1 iyundan qoʻllaniladi: ... 

Material sanasi 16.05.2025
Soliq toʻlovchi oʻtgan yil kuzida soliq xodimlari tomonidan aniqlangan TSOYaEATga ma’lumotlarni oʻz vaqtida kiritmaganlik uchun sudga chaqiruv qogʻozi oldi. Bunday vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi: ... 

Material sanasi 25.03.2025
«Bu yildan boshlab norezident yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 137_ kodli hisob-kitob TSOYaEAT tizimi bilan bogʻlangan holda avtomatik tarzda toʻldiriladi. Bizning kompaniya, koʻplab boshqa kompaniyalar qatori, mazkur hisob-kitobga norezident jismoniy shaxslar bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan FHT (fuqarolik-huquqiy tusdagi) shartnomalar boʻyicha valyutadagi toʻlovlar ham «qoʻshilib qolgan» vaziyatga duch keldi. Bu vaziyatda nima qilish kerak?» Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 12.03.2025
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi. Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va xorijiy davlatlarning soliq (moliya) xizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi: ... 

Material sanasi 25.02.2025
Yangi 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi» tasdiqlanishi bilan koʻplab buxgalterlarda quyidagi savollar paydo boʻldi: • 2024 yilda yetkazib beruvchilarga boʻnaklar mavjud boʻlgan taqdirda, tovarlarni (xizmatlarni) buxgalteriya va soliq hisobida qaysi kurs boʻyicha kirim qilish; • agar 2024 yilda xaridorlarning boʻnaklari mavjud boʻlsa, daromadlarni buxgalteriya va soliq hisobida qaysi kurs boʻyicha aks ettirish kerak. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA ushbu masalalar boʻyicha oʻz nuqtai nazarini tushuntirdi: ... 

Material sanasi 14.01.2025
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, hujjatga bojxona va soliq organlari oʻrtasida QQSni oʻzaro hisob-kitob qilish uchun toʻlov kodi qoʻshildi, deklarantning huquqiy maqomi qismida oʻzgarishlar bor, yangi bojxona postlari qoʻshildi va h.k. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida. ... 

Material sanasi 29.11.2024
Korxona 2024 yilda soliq kodeksiga muvofiq QQSdan ozod qilingan texnologik jihozlarni import qilgan, asosiy vositalarga kiritgan va foydalanmoqda. Agar bu jihoz sotilsa, operativ ijaraga berilsa yoki korxona tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalanilsa, qanday soliq oqibatlari yuz beradi? «Norma» eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV har bir ssenariyni tahlil qildi va buxgalterlarning eng muhim savollariga javob berdi. Biz tayyorlagan ma’lumotlardan foydalaning! ... 

Material sanasi 23.10.2024
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarimalarni qoʻllash qoidalari oʻzgardi 07.09.2024 y. VMQ-551-sonli qaror.. Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA nimalarga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirib berdi: ...