Soliq ma’muriyatchiligi qanday takomillashtiriladi

preview

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 27.01.2022 yildagi Axborot xati soliq ma’muriyatchiligidagi muammolarni hal qilish yoʻllarini belgilab berdi. Yaqin vaqtda idoralar hammasini tushunib olishlari va qayta ishlashlari, shu jumladan - NHHga aniqlashtirishlar kiritishlari lozim. 

Buxgalter.uz oʻz oʻquvchilarining pozitsiyasiga qoʻshiladi: bizda soliq idorasi va soliq toʻlovchilar manfaatlarini muvozanatlashtirish imkoniyati paydo boʻldi.

 

Buxgalter.uz TG-kanalidagi soʻrovning koʻrsatishicha, buxgalterlar ishida nafaqat E-aktiv, MXIK, tahlika-tahlil (QQS) tizimi va mol-mulk soligʻini hisoblab chiqishga yangicha yondashuv katta murakkabliklar tugʻdirmoqda. QQSning uzilish koeffitsiyenti hisob-kitobi metodikasi korxonalarga koʻplab muammolar tugʻdirdi. Shuningdek, soliq toʻlovchilar ularda EHF va elektron hujjat aylanishi, E-ijara, onlayn-NKM tizimlarida, soliq hisobotining elektron shakllarini toʻldirishda va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti ishida yuzaga kelayotgan muammolar haqida xabar berishmoqda.

Ularga yuzaga kelgan murakkabliklarni tezkor tarzda yengib oʻtishga imkon bermaydigan eng koʻp uchraydigan sabablar orasida oʻquvchilar quyidagilarni aytib oʻtishadi:

  • kutilmagan yangiliklar, ularga moslashish qiyin (maqola e’lon qilingan sanada respondentlarning 69%i);
  • yangiliklar boʻyicha uncha batafsil boʻlmagan yoʻriqnomalar va tushuntirishlar (59%i);
  • elektron servislardagi texnik nosozliklar (55%i);
  • aniq muammo chogʻida malakali maslahat yoki yordamni tezkor tarzda olish imkoniyatining mavjud emasligi (54%i).

Bu muammolarning barchasi biznesga va buxgalterlar ishi natijasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi, buni oʻquvchilar bizga soʻzlab berishda davom etayotgan amaliyotdan misollar tasdiqlaydi.

 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA berilgan imkoniyatlardan yuqori darajada samarali foydalanish uchun e’tibor berish lozim boʻlgan muhim jihatlarga e’tibor qaratdi:

- “Ushbu Axborot xati - bu katta ishning boshlanishi boʻlib, uning qamrovi aslida xatning oʻzida bayon etilganidan ancha kengroq boʻladi, deb ishonishni istardim.

Misol uchun, hozir QQSning uzilish koeffitsiyenti koʻp savollar tugʻdirmoqda. Uning soliqni hisoblab chiqishda qoʻllanilishi va tadbirkorlik sub’yektlari obroʻsiga ta’siri. Bu haqda Axborot xatida hech narsa deyilmagan, garchi uning hisob-kitobi formulasi ustida ishlash zarurligi shubhasizdir. Uzilish koeffitsiyenti qiymatiga kontragent aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi hisoblanadigan yoki u SKga muvofiq shunchaki qoʻllash huquqiga ega boʻlmagan QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllagan hollar ta’sir etmasligi kerak.

Hatto yangiliklar tufayli ikkinchi darajaga tushib qolgan sohalarda ham muammolar mavjud. Xususan, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti funksionalini qayta tekshirish zarurati allaqachon kelgan. Eskirgan opsiyalarni olib tashlash yoki qayta ishlash lozim.

Misol uchun, “YuSh NKMlarini roʻyxatdan oʻtkazish” interaktiv xizmati vaqt boʻyicha talabga muvofiq kelmaydi, sababi fiskal xotirali NKM qoʻllanilishini tartibga soladigan 17.11.2011 yildagi 306-son VMQ uning huquqiy asosi hisoblanadi. Bunday qurilmalar esa 2022 yil 1 yanvardan qoʻllanilmaydi. Zamonaviy onlayn-kassalarni 23.11.2019 yildagi 943-son VMQga muvofiq faqat TXKM orqali hisobga qoʻyish mumkin.

Bunday kamchiliklar soliq toʻlovchilarni chalkashtiradi, me’yorda faoliyat koʻrsatishiga xalaqit beradi, xatolarga olib keladi.

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetining har bir interaktiv xizmatida mavjud boʻlgan “Yoʻriqnoma” tugmasiga bosish chogʻida boʻsh ekran va axborot tizimidagi xato toʻgʻrisidagi xabar emas, balki aniq va batafsil yoʻriqnoma paydo boʻlishi kerak.

Mutaxassislar shaxsiy kabinetning interaktiv xizmatlarida koʻrsatilgan telefon raqamlari boʻyicha soliq toʻlovchining qoʻngʻiroqlarini qabul qilishlari va unga muammoni hal qilishda malakali yordam berishga tayyor boʻlishlari kerak. Afsuski, amaliyotda hatto bir necha urinishlardan keyin bazoʻr qoʻngʻiroq qilib tushish mumkin, taqdim etilgan maslahatlar esa toʻliq hajmda axborot bermaydi.

Agar NHHni ijro etish soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetining aniq interaktiv ximzatidan foydalanishni nazarda tutsa, NHHda ushbu interaktiv xizmatning nomini aniq yozish zarur.

Masalan, agar QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani “QQC toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish” interaktiv xizmati yordamida berish zarur boʻlsa, nizomda aynan shunday deb yozish kerak.

Bugungi kunda, afsuski, bunday amaliyot yoʻq. “Ariza shaxsiy kabinet orqali beriladi” singari umumiy iboralar esa soliq toʻlovchi arizani buning uchun moʻljallanmagan boshqa funksional orqali yuborishiga olib kelishi mumkin. Natijada muddatlar oʻtkazib yuboriladi, sanksiyalar qoʻllaniladi.

Takomillashtirish jarayoni yuqori darajada unumli oʻtkazilishi muhimdir. Buning uchun Moliya vazirligi va DSQ biznes-hamjamiyati bilan muloqotda ishlash niyatida. Mazkur muloqot samarali boʻlishi uchun, nazarimda, har bir axborot tizimi boʻyicha reglamentlarni tayyorlash va jamoatchilik e’tiboriga yetkazish zarur.

 

Bular QQS toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom singari hujjatlar boʻlishi kerak, unda QQS toʻlovchilarni tahlika-tahlil qilish avtomatlashtirilgan tizimining huquqiy asoslari va reglamenti ancha aniq bayon etilgan.

Soliq toʻlovchilar ishlab chiquvchilar - Moliya vazirligi va DSQ mutaxassislari dasturga aynan nimani kiritayotganliklarini aniq tushunishlari kerak. Aks holda bu “hech qanday qiymatga ega boʻlmagan” muloqot boʻladi, unda har kim oʻz tushunishicha gapiradi.

Afsuski, bugungi kunda QQSning soliq uzilishi tizimi ham, E-ijara ham, E-aktiv ham, MXIK tizimi ham bunday batafsil hujjatlarga ega emas. Natijada koʻplab soliq toʻlovchilar ushbu tizimlar nima uchun kerakligi haqida hatto taxminiy tushunchaga ham ega emaslar, ularning ish prinsiplarini yaxshi tushunish haqida gapirmasa ham boʻladi. Koʻp soliq toʻlovchilar ushbu tizimlarning maqsadini “Chunki soliq inspeksiyasida aytishdi, shuning uchun kerak” darajasida tushunishadi.  Bu vaziyatda tizimlarni puxta qayta ishlashda amaliyotda boʻlishi mumkin boʻlgan barcha variantlarni inobatga olish imkoniyati yoʻq. Binobarin, samarali resursni yaratish imkonsiz koʻrinadi.

Bunday reglamentlarning paydo boʻlishi loyihalar va texnik topshiriqlarni ancha sinchiklab qayta ishlashga koʻmaklashadi. Oʻz navbatida bu 28.04.2021 yildagi 249-son VMQ chiqqandan keyin biz duch kelgan shu kabi vaziyatlardan qochish imkonini beradi. MXIK joriy qilingandan keyin 8 oydan ortiq muddat oʻtgach, ushbu kodlar koʻp marotaba oʻzgartirildi. Dastlab ular 5 belgili edi, soʻngra 8 belgili boʻldi, hozir esa 17 belgili, natijada nima boʻladi? MXIKni shakllantirish boʻyicha ishlar davom etmoqda. Bu shuni anglatadiki, yaqin bir yil mobaynida muhim oʻzgartirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun hushyor turish kerak.

Ha, bizga bir yil ichida MXIKda xatolar uchun jarima qoʻllamaslikni va’da berishmoqda. Biroq tizimning muntazam emasligi qonunga rioya qiluvchi soliq toʻlovchilar ishini jiddiy murakkablashtiradi. Axir nafaqat oʻzgartirishlarni kuzatib borish, balki elektron hujjatlarda toʻgʻri MXIKlarni koʻrsatish uchun ularni tezkor tarzda Yagona klassifikatordagi “Tanlanganlar”ga kiritish zarur. Agar soliq toʻlovchida tovarlar nomenklaturasi oʻnlab va yuzlab birliklarni oʻz ichiga olsa, bu koʻp sarflarni talab qiladi va murakkabdir. 

NHHda regulyatorlarga baholash mezonlariga, tuzilmasiga buyruq chiqarish yoʻli bilan bir tomonlama oʻzgartirishlar kiritish imkonini beradigan normalar boʻlmasligi kerak. Bugun bunday normalar MXIKlar joriy etilishini tartibga soluvchi 28.04.2021 yildagi 249-son VMQda va QQS toʻlovchilarni tahlika-tahlil qilish tizimi tasdiqlangan 22.09.2021 yildagi 595-son VMQda ham mavjud.

Soliq ma’muriyatchiligi axborot tizimlarining reglamentlari SKning 76-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat regulyatori oʻzining buyrugʻi bilan Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatiga oʻzgartirish kiritish imkoniyatiga ega boʻlmasligi kerak, aks holda amaliyotning koʻrsatishicha, bunday oʻzgartirishlar juda koʻp boʻladi.

Soliq toʻlovchilarga koʻplab oʻzgartirishlarga ulgurish shunchaki ogʻir. Garchi, agar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bosqichida hammasi reglamentda oʻylangan va yozilgan boʻlganida, ularga zarurat boʻlmasligi shubhasiz edi.

Shunga e’tiborni qaratishni istardimki, Axborot xatida Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan muddatlarni oʻzgartiradigan talay normalar saqlanadi. Ushbu kechiktirishlar yuridik kuchga ega boʻlishi va ertaga ularning qonuniyligi hech kimda shubha uygʻotmasligi uchun 20.04.2021 yildagi OʻRQ-682-son Qonunning 45-moddasiga muvofiq ushbu normativ hujjatlarni qabul qilgan organlar yoxud ularning yuqori turuvchi tashkilotlari  tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari zarur.

Misol uchun, Axborot xati bilan 22.09.2021 yildagi 595-son VMQ bilan oʻrnatilgan “E-aktiv” dasturiy mahsulotini joriy etishning qat’iy belgilangan muddati - 2022 yil 1 yanvarga koʻchirilishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, jarayon tanlanma asosda borishi koʻzlanmoqda. Ushbu tuzatishlar faqat Vazirlar Mahkamasi ularni 22.09.2021 yildagi 595-son VMQga kiritgandan soʻng yuridik kuchga ega boʻladi.

Umuman, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 27.01.2022 yildagi Axborot xatini oʻqigandan keyin albatta hursand boʻldim! Bizni eshitishgani va regulyatorlar yaqqol kamchiliklarni bartaraf etish uchun taym-aut olishganidan haqiqatan baxtliman. Umid qilamanki, mening his-tuygʻularimni hamkasblarim va soliq toʻlovchilar baham koʻrishadi”. 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text178248_soliq_mamuriyatchiligi_qanday_takomillashtiriladi