Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisobotlarning elektron shakllariga oʻzgartirishlar kiritdi. Agar ushbu oʻzgartirishlar sizga daхl qilsa, hisob-kitoblarni qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Gap nima haqida bormoqda?
Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi
Hisob-kitobda bir ob’yekt doirasida joylashib, yer maydoni toifasi turlicha boʻlgan, shuningdek, pasaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilishi lozim boʻlgan yer maydonlarini alohida kiritish imkoniyati yaratildi.
Hisobotni topshiruvchilar 10510_12 sonli (oylik) va 10510_13 sonli (chorak) paket raqamli yangi shakllarda taqdim etishlari mumkin.
Mol-mulk soligʻi
Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha ma’lumotnoma shaklida eng kam qiymat tatbiq qilinmaydigan koʻchmas mulk ob’yektlarining maydoni, eng kam qiymatning kamaytiruvchi koeffitsiyenti alohida aks etirilishi imkoniyati yaratildi.
Ma’lumotnomaga 2-ilovada endi quyidagilar boʻyicha mustaqil ravishda oʻzgartirish kiritish mumkin:
- suv haydash minoralari,
- rezervuarlar,
- soyabonlar,
- beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar)
- boshqa shunga oʻхshash ob’yektlar.
Mol-mulk soligʻi boʻyicha aniqlashtirilgan ma’lumotnomani 1 aprelga qadar taqdim etganlarga nisbatan penya hisoblanmaydi.
Har oyda Mol-mulk soligʻi topshiruvchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobotni 10401_23 sonli (oylik) va 10401_21 sonli (chorak) paket raqamli yangi shakllarda taqdim etishlari mumkin.
Mazkur shakllarni toʻldirish boʻyicha batafsil yoʻriqnoma shakllarning oʻzida mavjud (“Yoʻriqnoma” tugmasi).
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi