Qaytarish chekini rasmiylashtirishda keshbek qanday hisobga olinadi

preview

1 fevraldan boshlab onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanadigan tadbirkorlik sub’yektlari hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar sotuv cheklarini qaytarish cheklariga biriktirishi lozim. DSQ bu haqda axborot xabarini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yubordi.

Buni qanday amalga oshirish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAM boʻlim boshligʻi Elnor FOZILOV tushuntirib berdi:

 

 – «2022 yil 1 yanvardan boshlab xaridorlarga MXIK toʻgʻri koʻrsatilgan cheklardagi tovarlar qiymatining 1%i miqdorida keshbek beriladi . Agar xaridor tovarni qaytaradigan boʻlsa, mobil ilovada roʻyxatdan oʻtkazilgan chekdagi keshbek ham qaytarilishi lozim.

Buning uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi «Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari boʻyicha ma’lumotlar» interaktiv xizmatiga qoʻshimcha opsiya kiritildi. Uning yordamida sotuvchi sotuv chekini qaytarish chekiga biriktirishi mumkin. Bu oʻzaro hisob-kitoblarning toʻgʻri boʻlishini ta’minlaydi.

 

Sotuv chekini qaytarish chekiga qanday biriktirish kerak

  1. Tovar qaytarilganda chek urib bering, unda chek turi sifatida - «qaytarish»ni koʻrsating.
  2. My.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga kiring.
  3. Interaktiv xizmatlarda «Onlayn-NKM va virtual kassa haqidagi ma’lumotlar» xizmatini tanlang.
  4. «Qaytarish» ilovasini tanlang, u yerda sizning onlayn-NKM va virtual kassangizda urib berilgan barcha qaytarish cheklarini topishingiz mumkin boʻladi.
  5. Sizga kerak boʻlgan qaytarish chekini izlash filtrini toʻldiring (chek berilgan fiskal modul raqamini, berilgan vaqt oraligʻini kiriting) va izlash tugmasini bosing.
  6. Qaytarish cheki biriktiriladigan chekni tanlang va uning ustiga bosing.
  7. Ekranning pastki qismidagi tegishli hoshiyalarga qaytarish cheki berilgan sotuv cheklaridan onlayn-NKM fiskal moduli raqamini va chek raqamini koʻchirib yozing.
  8. «Izlash» tugmasini bosing.

Soʻngra sotuv cheki va qaytarish  cheki bir-biriga biriktiriladi va barcha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilgan boʻladi.

Qaytarish cheki berilgan sotuv cheki mysoliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, u boʻyicha hisoblangan summa keshbekning hisobot davri uchun umumiy summasidan avtomatik tarzda chegirib qolinadi.

Yaqin kunlarda mazkur funksional yanada qulay va foydalisiga almashtiriladi: qaytarish cheklarida yangi rekvizit – qaytarish amalga oshirilgan xarid cheki raqami paydo boʻladi. Sotuv cheklari rekvizitlari onlayn-NKTda qaytarish chekini shakllantirish chogʻida koʻrsatilishi lozim».

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.

 

Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text178408_qaytarish_chekini_rasmiylashtirishda_keshbek_qanday_hisobga_olinadi