9 oyni xatolarsiz yopamiz:
MChJ ta’sischilaridan biri ustav fondidagi oʻz ulushini oʻgʻliga tekinga oʻtkazmoqchi. Bu qanday amalga oshiriladi va bunda soliq oqibatlari yuzaga keladimi? Buni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi:
– “Jismoniy shaxs oʻz ulushini boshqa jismoniy shaxsga sovgʻa qilishi mumkin. MChJ ta’sischisining (shu jumladan - yagona ta’sischisining) oʻz ulushidan hadya qilish yoʻli bilan voz kechish huquqi FK va “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun bilan reglamentlangan.
Mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar fuqarolik huquqlari ob’yektlariga kiradi
. Fuqarolik huquqlarining ob’yektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin
.
Jamiyatning ustavida taqiqlanmagan boʻlsa, ta’sischi oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyiladi
.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish jamiyatning ustavida talab etilmasa, oddiy yozma shaklda amalga oshiriladi. Mazkur normaga rioya etmaslik bitimning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi
.
Soliq oqibatlari
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ta’sischining oʻgʻlida tekin olingan mol-mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati tarzida daromad paydo boʻladi
.
Bunda jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar ularni berish yaqin qarindoshlar (uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi) oʻrtasida amalga oshirilishi koʻzda tutiladi
.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()