2022 yil yanvar oyida kimlarga imtiyozlar berildi (jadval)

preview

2022 yil yanvarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, farmatsevtika korxonalari, oziq-ovqat mahsulotlarini, tikuv va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, turizm va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi korxonalar hamda ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga soliq imtiyozlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar olish huquqi berildi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz barchasini bitta jadvalga jamladi:

T/r

NHH

Imtiyoz yoki preferensiyalar

Amal qilish muddati

1

30.12.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-42-son Farmon.

Batafsil >>

Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari uchun 24.11.2018 yildagi PF-5583-son Farmonning 2-4-bandlarida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi. Mazkur imtiyoz bilan quyidagilar yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod qilingan :

  • yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
  • venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar

2024 yil 1 yanvarga qadar

2

30.12.2021 yildagi “Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qaror.

Batafsil >>

Subsidiyalar :

  • “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga – shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda 2 BHMdan kam boʻlmagan miqdorda;
  • shogirdlarga – mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish uchun 25 BHMdan oshmaydigan miqdorda ajratiladi.


Imtiyozli kreditlar yillik 14% stavkada “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga   :

  • ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “Usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yilgacha muddatga;
  • aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi

Muddatsiz

3

13.01.2022 yildagi “Baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-83-son qaror.

 

 

 

 

 


Batafsil >>

Baliq yetishtiruvchi xoʻjaliklarga:

  • yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkasi 50% miqdorida belgilandi ;
  • kredit miqdori 300 BHMgacha oshirildi ;
  • baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bir martalik subsidiya (2 BHMdan oshmagan miqdorda) ajratiladi ;
  • xorijiy mamlakatlardan ekspertlarni jalb qilish xarajatlari hamda ularning bir yillik ish haqi miqdorining 50%igacha (biroq 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi) qoplab beriladi .

2025 yil 1 yanvarga qadar

4

15.01.2022 yildagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-52-son Farmon.

Batafsil >>

Turizm faoliyati sub’yektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga charter reyslarini tashkil qilish boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida qoplab beriladi.

2022 yil 1 maydan boshlab quyidagilarga 50 mln soʻm miqdorida grantlar ajratiladi :

  • grant mablagʻlari onlayn toʻlovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga;
  • xorijiy mamlakatlardagi turizm koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga.

Grant mablagʻlari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekistonga 3 yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi

2023 yil 1 yanvarga qadar

5

17.01.2022 yildagi “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-24-son qaror.

Batafsil >>

Limon yetishtiradigan tashkilotlarga davlat tomonidan :

  • muqobil energiya va uning manbalari orqali ishlaydigan isitish qurilmalari qiymatining 30%gacha boʻlgan qismi;
  • yangi limonzorlar barpo etish va koʻchatlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming soʻmdan oshmaydigan miqdorda qoplab beriladi

 

6

17.01.2022 yildagi “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-son VMQ.

Batafsil >>

“Buxoro agro” EIZdagi issiqxona xoʻjaliklariga :

  • davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddati 7 yildan 10 yilgacha qilib belgilanadi hamda ilgari ajratilgan kredit muddatlari 3 yilgacha uzaytiriladi;
  • xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutada qayta rasmiylashtirish shartnomalari mavjud boʻlgan xoʻjaliklarga foiz xarajatlarining 5%dan oshmagan qismi qoplab beriladi;
  • tabiiy gaz uchun qarzdorlikni toʻlash muddati uzaytiriladi;
  • tabiiy gaz uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdori 0,4%idan 0,1%ga tushiriladi, shuningdek 2021 yil 31 dekabr holatiga hisoblangan penya summasi hisobdan chiqariladi;
  • tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada toʻlov qoʻllash tartibi bekor qilinadi

Muddatsiz

7

21.01.2022 yildagi “2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmon.

Batafsil >>

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari:

  • Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xom ashyo va materiallar uchun bojxona bojlarini toʻlashdan ozod qilinadi ;

2025 yil 1 yanvarga qadar

  • 2022 yil 1 fevraldan mahsulotlarni xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarining 75%i qoplab beriladi  

Muddatsiz

8

21.01.2022 yildagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmon

Batafsil >>

Quyidagilarga :

  • boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10%i, biroq 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
  • boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sun’iy tola 80%dan yuqori boʻlgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlangʻich 15 foiz toʻlovni toʻlash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan valyutada kredit ajratiladi;
  • boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan 3 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan miqdorda kredit ajratiladi;
  • boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80%ini eksport qilgan korxonalarga:
    - ijtimoiy soliqni 1%lik stavka boʻyicha toʻlash;
    - 3 yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqi beriladi

2025 yil 1 yanvarga qadar

9

20.01.2022 yildagi “Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-37-son qaror.

Batafsil >>

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga :

  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning TIAni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50%i, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • bunday loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning 50%i, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50%i, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplanadi

Muddatsiz

10

24.01.2022 yildagi “Parrandachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qaror.

Batafsil >>

QQS toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklari uchun :

  • oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori 2 500 soʻm etib belgilandi.

2024 yil 1 yanvarga qadar

11

27.01.2022 yildagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qaror

Batafsil >>

Quyidagi sohalarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi :

  • chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
  • mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
  • avtotransportda yoʻlovchi va yuk tashish;
  • transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
  • kompyuter xizmatlari;
  • maishiy texnikani ta’mirlash;
  • agro va veterinariya xizmatlari;
  • koʻngilochar maskanlarda xizmatlar koʻrsatish.

Mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60%ini tashkil etsa, qoʻllaniladi

2025 yil 1 yanvarga qadar

 

PQ-104-son qarorga 1-ilovada keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, koʻngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun:

  • aylanmadan olinadigan soliq stavkasi – 1%;
  • ushbu hududlardagi ob’yektlar va ular egallagan yer uchastkasi boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi miqdorlari – mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1%i miqdorida belgilandi

Quyidagilar bojxona bojidan ozod etiladi:

  • PQ-104-son qarorga 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan tovarlar;
  • telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini joriy etish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan texnologik uskunalar, materiallar, dasturiy ta’minot va ehtiyot qismlar

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi.

 

Imtiyozlar: soliq hisobi — maslahatlar Imtiyozlar Imtiyozlar (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text178625_2022_yil_yanvar_oyida_kimlarga_imtiezlar_berildi_jadval