9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlari professional hamjamiyatiga murojaat
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini keng koʻlamli modernizatsiya qilish va jahon bozorlariga integratsiyalash amalga oshirilayotgan bir paytda respublikamizning professional hamjamiyati oldida jiddiy vazifalar turibdi:
- moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tezkor joriy etish;
- auditning xalqaro standartlarini qoʻllash va ular asosida ichki va tashqi sifat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
- imtihonlari xalqaro professional tashkilotlar tomonidan tan olinadigan buxgalterlar va auditorlarni milliy sertifikatlash jarayoniga tayyorgarlik;
- buxgalteriya hisobi, audit va soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish;
- xalqaro professional tashkilotlar faoliyatida keng ishtirok etish;
- boshqa keng koʻlamli vazifalar shular jumlasidan.
30 yil avval tashkil etilgan Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (BAMA Oʻz) ushbu vazifalarni hal qilish uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor. Buning uchun uyushma yanada kuchli, nufuzli, zamonaviy professional tuzilmaga aylanishi kerak. Shundagina tegishli kasb egalariga ishlash va oʻz malakasini xalqaro talablar darajasida oshirishga yordam berishimiz mumkin boʻladi.
Biz Oʻzbekistonda buxgalter va auditor kasbiga befarq boʻlmagan mutaxassislarni BAMA Oʻz tuzilmasini modernizatsiya qilish va uning faoliyatini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etishda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Kasaba tashkilotimiz qanday oʻzgarishi kerak? U Oʻzbekiston buxgalterlari va auditorlariga qanday yordam berishi mumkin?
Uning strategiyasi, ish uslubi, buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha mutaxassislarning kasb manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari qanday boʻlishi kerak?
Siz BAMA Kengashining kengaytirilgan va yangilangan tarkibida ishlashni istaysizmi?
Takliflaringizni erkin yozma shaklda 2022 yil 1 martgacha kutamiz.
Sizning faol boʻlishingizdan juda umidvormiz. Oʻylaymizki, buxgalter va auditor kasblarini rivojlantirish, ular maqomining yuksalishidan manfaatdorsiz.
Takliflarni umumlashtirishda buxgalter.uz jamoasi yordam koʻrsatadi. Takliflaringizni NABA@buxgalter.uz manzili boʻyicha kutamiz.
BAMA Oʻz Kengashi