Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Soliq imtiyozlarini aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining yangi shaklida qanday toʻgʻri qoʻllash mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ Aylanmadan olinadigan soliq ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Nuriddin OTAMURODOV tushuntirdi:
– “Soliq toʻlovchilarda yanvar oyi hisobotlarini topshirgandan keyin yangi shakllarda imtiyoz qanday qoʻllanishi yuzasidan savollar tugʻildi.
2021 yilda Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 10104_25 kodli shakli qoʻllanilgan. Unda imtiyozni qoʻllash uchun Hisob-kitobga 2-ilovaning 0301-0306-satrlarini toʻldirish lozim boʻlgan. Bu qoʻlda, ekranda paydo boʻluvchi yoʻl-yoʻriq - imtiyozlar ma’lumotnomasi yordamida bajarilgan. Imtiyoz taqdim etilgan NHHga muvofiq imtiyoz ifodasini tanlash va uni pul ifodasida koʻrsatish kerak boʻlgan.
2022 yil 1 yanvardan boshlab Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 10104_26 kodli yangilangan shakli qoʻllanilmoqda. Unda ham 0301-0306-satrlar bilan 2-ilova mavjud, ularda qoʻllanilayotgan imtiyozlar aks ettiriladi. Faqat endi ular avtomatik tarzda toʻldiriladi. Soliq toʻlovchida ushbu ma’lumotlarga qoʻlda tuzatish kiritish imkoniyati yoʻq.
Koʻrsatilgan satrlar avtomatik tarzda toʻldirilishi uchun soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat” interaktiv хizmatidan oldindan foydalanish zarur.
Soliq toʻlovchi murojaatni toʻldirib joʻnatgandan soʻng, soliq organi uni bir kun davomida koʻrib chiqadi, tasdiqlaydi yoki rad etadi. Agar imtiyozga boʻlgan huquq tasdiqlansa (koʻrib chiqish natijalari - ekranning pastki qismida jadvalda), soliq boʻyicha hisob-kitoblarda imtiyoz avtomatik tarzda qoʻllaniladi.
- Murojaat shaklini toʻldirish chogʻida quyidagilarni koʻrsating:
- imtiyoz berilgan NHH;
- soliq turi;
- imtiyozlar amal qilishining boshlanish va tugash muddatlari;
- sizga imtiyoz uchun huquq beradigan tovarning (хizmatning) MXIK.
Qoʻshimcha ravishda sizga ushbu imtiyozga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish mumkin.
Murojaat imtiyozga boʻlgan huquq yuzaga kelgan paytdan e’tiboran 1 marta beriladi. Bu tasdiqlangan taqdirda imtiyozni NHHda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar qoʻllash uchun yetarlidir.
– Hisob-kitobda qoʻlda toʻldiriladigan imtiyozlar qolganmi?
– Ha, faqat PQ-5252-son qarorda nazarda tutilgan bitta bunday imtiyoz qolgan. Buning uchun Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobining 0701-satri - “Onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassaga ulangan, shtriх-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni ta’minlovchi maхsus qurilmalarni sotib olish bilan bogʻliq хarajatlar summasi” nazarda tutilgan. U qoʻlda toʻldiriladi”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi