9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xodim Rossiyada sanatoriy-kurortda davolanishga yoʻllanma va aviachipta uchun haq toʻlashni soʻradi. SKning 376-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan toʻlangan yoʻllanma qiymati - bu xodimning JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadi. Aviachiptalar qiymatini nima qilish kerak?
- Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslar manfaatlarini koʻzlab tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) yoki mulkiy huquqlarga haq toʻlash soliq solish maqsadlarida jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiritilgan
. Shu jumladan - sanatoriy-kurortda davolanishga yoʻllanmalar qiymati, dam olish, statsionar va ambulator davolanishga haq toʻlash yoki ularni qoplash qiymati, shuningdek holati boʻyicha jismoniy shaxsning daromadi hisoblanadigan yuridik shaxsning boshqa xarajatlari.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar xodimning jami daromadiga kiritiladi va JShDS solinadi, biroq ijtimoiy soliq solinmaydi
. Korxona uchun bunday xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha chegirilmaydigan xarajatlarga kiritiladi
.
Biroq bunday xarajatlarni tasniflashning boshqa ehtimoliy varianti ham mavjud. Rahbar korxonada amal qilayotgan nizomlarga muvofiq xodimga aviachipta qiymatini toʻlashni rad etishi mumkin. Biroq, bunda ssuda (qarz) shartnomasi boʻyicha yordam koʻrsatishi mumkin. Bu holda xodimda daromad yuzaga kelmaydi. Ssuda xodimning arizasi yoki ssuda shartnomasiga asosan ish haqidan chegirib qolish yoʻli bilan soʻndiriladi.
Tanlash - korxona ma’muriyati ixtiyorida.
Tatyana LIMAREVA,
“Norma” eksperti