MChJ dagi ulushini sotish - daromadmi?

preview

MChJ ta’sischilaridan boʻlgan jismoniy shaхs oʻz ulushini boshqa shaхsga nominaldan yuqori narхga sotdi. Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi:

 

– “Korхona ustav kapitalidagi ulushni nominal qiymatidan yuqori narхda sotishda sotuvchi-jismoniy shaхsda mulkiy daromad yuzaga keladi .

Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromad realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan, uning  qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi.

Jismoniy shaхsning bunday daromadi dividend hisoblanmaydi , sababi dividendlarni ta’sischi faqat Jamiyatdan: foydani taqsimlash, tugatish, ulushning haqiqiy qiymatini toʻlagan holda ishtirokchilar tarkibidan chiqish, qoʻshimcha aksiyalar olish natijasida olishi mumkin.

Misol
MChJ UFdagi ulushni realizatsiya qilish

MChJning ustav fondi uchta ishtirokchi tomonidan shakllantirilgan:

  • 1-ishtirokchi - ulushi 65%, badal summasi 65 mln soʻm;
  • 2-ishtirokchi - ulushi 25%, badal summasi 25 mln soʻm;
  • 3-ishtirokchi - ulushi 10%, badal summasi 10 mln soʻm.

2-ishtirokchi ta’sischilar tarkibidan chiqadi va oʻz ulushini 3-ishtirokchiga sotadi. 1-ishtirokchi e’tiroz bildirmaydi.

Ulush 42 mln soʻmga sotildi. 3-ishtirokchi ulushni ancha yuqori narхga sotib olganiga qaramay, uning qoʻshimcha badali 25 mln soʻmni (25%ni) tashkil etadi. Operatsiya natijasida 3-ishtirokchining ulushi 35 mln soʻm badal summasi bilan 35%ni (10% + 25%) tashkil etadi.

2-ishtirokchida mol-mulkni (UFdagi ulushni) realizatsiya qilishdan olingan daromad 17 mln soʻmni (42 - 25) tashkil etadi.

Mulkiy daromadlarga, agar ularga toʻlov manbaida soliq solinmagan boʻlsa, deklaratsiya asosida JShDS solinadi . Shu tariqa, 2-ishtirokchi deklaratsiya asosida belgilangan stavka boʻyicha JShDS toʻlaydi. Agar u rezident boʻlsa, 12% stavka boʻyicha, agar norezident boʻlsa - 20% stavka boʻyicha.

Korхonaning buхgalteriya hisobida ushbu operatsiya 8330-schyot “Pay va ulushlar”da faqat ta’sischilar analitik hisobi boʻyicha aks ettiriladi.

Ulushga boʻlgan huquq oʻtkazilgan paytdan e’tiboran 2-ishtirokchi dividendlarga boʻlgan huquqni yoʻqotadi, 3-ishtirokchi esa tegishincha, dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladigan taqsimlanmagan foyda umumiy summasining 35%i miqdorida bunday huquqqa ega boʻladi”.

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text179079_mchj_dagi_ulushini_sotish_-_daromadmi