Bayram xizmat safaridagi vaqtga toʻgʻri kelsa

preview

Korxona bir necha nafar xodimini bayram kuni viloyatga xizmat safariga yubordi. Bayram kuni ishlayotgan xizmat safariga yuborilgan xodimga ish haqini qanday miqdorda hisoblash zarur?

 

Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq toʻlashni MKning 157-moddasi tartibga soladi.

Ish beruvchida xodimning xohishiga qarab haq toʻlashning ikkita varianti bor:

1) bayramga toʻgʻri kelgan xizmat safari kunlariga kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash;

2) bayram kunidagi ish uchun otgul berish. Bu holda bayram kunidagi ish uchun odatdagi ish kuni kabi bir hissa miqdorda mehnat haqi toʻlanadi .

Bunda xizmat safaridagi kunlar uchun toʻlanadigan ish haqi va bayram kuni uchun kompensatsiya xizmat safariga yuborilgan xodimga xizmat safarida boʻlgan vaqt uchun sutkalik xarajatlar toʻlashdan ozod qilmaydi . Dam olish kunlari va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlar uchun maoshga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar tarzidagi kompensatsiya toʻlovlari:

  • jismoniy shaxsning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga kiradi ;
  • JShDS va ijtimoiy soliq solinadi .

 

Agar siz bayramga mukofot bergan boʻlsangiz

Bayramga mukofotlar - bu ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar (mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar), ular mehnatga haq toʻlash xarajatlariga kiradi .

Soliq solinadigan foydani aniqlashda ushbu xarajatlar chegiriladi . JShDS boʻyicha imtiyozlar mukofotlar uchun nazarda tutilmagan.

JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotida hisoblangan va toʻlangan mukofot summalarini mehnatga haq toʻlash tarzidagi boshqa hisoblangan daromadlar bilan birga aks ettiring: Hisob-kitobning 011-satrida va Hisob-kitobga 5-ilovada - xodimlar boʻyicha ajratilgan holda.

Tatyana LIMAREVA,

 “Norma” eksperti


JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text179421_bayram_hizmat_safaridagi_vaqtga_tugri_kelsa