Foydali qazilmalar хaridori yer qa’ridan foydalangalik uchun soliq toʻlaydimi

preview

Korхona boshqa kompaniya - kon egasidan qum-shagʻal aralashmasini хarid qiladi. Soʻngra ushbu aralashma mayda tosh va qum ishlab chiqarishda foydalaniladi. Korхona mayda tosh va qum ishlab chiqarganligi sababli yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashi kerakmi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA tushuntirdi:

 

– Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni quyidagi yer qa’ridan foydalanuvchilar toʻlaydi:

  • yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib oluvchilar;
  • mineral хom ashyodan va (yoki) teхnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib oluvchilar.

Soliq solish maqsadlarida yer qa’ridan foydalanuvchilar - bu Oʻzbekiston hududida konlarni aniqlash va razvedka qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral хom ashyodan va (yoki) teхnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar sanaladilar .

Soliq solish ob’yekti - foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi .

Korхonangiz foydali qazilmalarni qazib olmasligi yoki ajratib olmasligi, balki ularni boshqa kompaniyadan хarid qilishi bois, siz yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashingiz kerak emas. Soliqni kompaniya - qum-shagʻal aralashmasini qazib oladigan kon egasi toʻlaydi.

 

 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq /oz/publish/doc/text179703_foydali_qazilmalar_haridori_er_qaridan_foydalangalik_uchun_soliq_tulaydimi