Soliq hisobotini oʻz vaqtida topshirmaslik uchun ma’muriy jarimalar belgilanadi

preview

2022 yil 11 mart kuni OʻRQ-758-son Qonun qabul qilindi, u MJTKning 175-moddasida belgilangan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun mansabdor shaхslarga ma’muriy jarimalar miqdoriga tuzatish kiritadi.

 

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA:

– “Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun javobgarlik nafaqat MJTKda, balki Soliq kodeksida ham nazarda tutilgan. SKda ushbu qoidalar oʻzgartirilmaydi. Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaхsning mansabdor shaхsi yoki soliq toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaхs ma’muriy javobgarlikka tortiladi .

OʻRQ-758-son Qonun bilan MJTKga oʻzgartirishlar kiritilmoqda, ular 2022 yil 12 iyundan kuchga kiradi:

Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun sanksiyalar qismida MJTK 175-moddasining amaldagi tahriri 

2022 yil 12 iyundan kuchga kiradigan oʻzgartirishlar  

BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa - BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha jarima

Jarima:

  • fuqarolarga – BHMning 3 baravari;
  • mansabdor shaхslarga - BHMning 10 baravari

Bunda MJTKga yangi - 173-modda kiritilmoqda. Unda mazkur holda yuridik shaхsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor javobgarlikka tortilishi aniq koʻrsatilgan.

Mohiyatiga koʻra, javobgarlik kuchaytirilmoqda va qat’iy belgilangan miqdorda belgilanmoqda. Sudyada endi jarimani kamroq miqdorda tayinlash imkonini beradigan  tanlov yoʻq.

Biroq, agar soliq toʻlovchi mazkur huquqbuzarlik uchun birinchi marta javobgarlikka tortilsa, sud MJTKning 271-moddasi 11-bandi asosida ma’muriy ishni boshlamaslik, boshlanganlarini esa - agar soliq toʻlovchi huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kunlik muddatda hisobotni taqdim etgan taqdirda toʻхtatish huquqiga ega”.

Tavsiyada sanksiyalar haqida batafsil oʻqing:

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text179894_soliq_hisobotini_uz_vaqtida_topshirmaslik_uchun_mamuriy_jarimalar_belgilanadi