Xususiy maktab oʻquvchilar formasini sotsa, imtiyozni qoʻllashi mumkinmi

preview

Xususiy maktab oʻz oʻquvchilarini maktab formasi bilan ta’minlaydi. Ota-onalar esa toʻlovni amalga oshiradilar. Bunda oʻquv muassasasida qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA tushuntirib berdi:

 

– Umumiy oʻrta ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarga imtiyozlar taqdim etilgan. Ular 2025 yil 1 yanvarga qadar muddatga barcha soliqlarni (ijtimoiy soliqdan tashqari) toʻlashdan ozod qilinadi. Imtiyoz maqsadli boʻlib, boʻshagan mablagʻlarni quyidagilarga yoʻnaltirish nazarda tutiladi :

  • zamonaviy oʻquv vositalari bilan jihozlashga;
  • zarur mahsulotlar va jihozlar sotib olishga;
  • bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlashga;
  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ta’lim xizmatlarini koʻrsatishga.

2020 yilning 1 yanvarigacha qabul qilingan Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi .

Imtiyozlar bevosita ta’lim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilganligi sababli oʻquvchilarni maktab formasi bilan pulli asosda ta’minlashga ham PQ-3276-son qarorga muvofiq imtiyoz tatbiq etiladi.

Shuni hisobga olish lozimki, 2020 yil 1 apreldan boshlab Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan QQS boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllanadi .

 

 

Imtiyozlar: soliq hisobi — maslahatlar Imtiyozlar Imtiyozlar (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text179896_hususiy_maktab_uquvchilar_formasini_sotsa_imtiezni_qullashi_mumkinmi