Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Chet ellik shaхs respublikadan tashqariga chiqqanda, JShDS stavkasi qanday hisoblanadi
«Tashkilot direktori – chet ellik shaхs Oʻzbekistonda turganiga 1 yildan oshdi. 12%lik stavka boʻyicha JShDS ushlab qolingan, biroq fevral oyining boshida u Qozogʻistonga borib kelgan. Bu holat JShDS stavkasiga ta’sir qiladimi?».
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– JShDS stavkasi faqat jismoniy shaхsning soliq maqomiga – uning rezident yoki norezidentligiga bogʻliq boʻladi.
Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekistonda haqiqatda boʻlgan jismoniy shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi
.
Jismoniy shaхs Oʻzbekistonda haqiqatda 183 kalendar kundan ortiq boʻladigan 12 oylik davr soliq davriga muvofiq kelmasligi mumkin. Shunisi muhimki, mazkur 12 oylik davr koʻrib chiqilayotgan soliq davrida boshlanishi yoki tugashi kerak.
Chet ellik jismoniy shaхs Oʻzbekistonda 1 yildan ortiq turgan boʻlsa, ya’ni haqiqatda boʻlish kunlari soni uning kelgan dastlabki sanasidan boshlab 12 oylik davrdan oshib ketsa, soliq rezidentiga aylanadi.
Agar chet ellik shaхs fevral oyida qisqa muddatga respublika hududidan tashqariga chiqqan va ayni paytda Oʻzbekistonda turgan boʻlsa, u Oʻzbekiston rezidenti boʻlib qolaveradi.
Mazkur holatda 12%lik soliq stavkasi qoʻllaniladi
.
Mavzuga doir foydali tavsiyalar:
- Chet ellik хodimga ish haqi qanday toʻlanadi;
- Chet ellik shaхsning soliq maqomi qanday aniqlanadi;
- Ikki yoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomalar qoidalari qanday qoʻllaniladi.
![]()