9 aprel

preview
  • ·     2022 yilning II choragi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 8-q.) (SK 340-m. 11-q.); 

 

_________________________

E’tibor bering! Ma’lumotnoma chorakning birinchi oyi 10-sanasiga qadar taqdim etiladi, ya’ni (SK 5-m. 8-q.):

  • II chorak uchun – 11 apreldan kechiktirmay; 
  • III chorak uchun – 11 iyuldan kechiktirmay; 
  •  IV chorak uchun – 10 oktyabrdan kechiktirmay.

_____________________

  • aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2022 yil aprel oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2022 yilning II choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida  toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q.);
  • 2022 yil aprel oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 460-m. 5-q.).

______________________________

* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).

Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text180118_9_aprel