Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 aprel
- mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yil aprel oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.);
- 2022 yil mart oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-m.) (SK 293-m.).
- 2022 yil mart oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.).
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi