Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 mart
- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmaganlar jumlasiga kiradigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2022 yil mart oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 432-m. 1-q.).
- 2022 yil mart oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 460-m. 5-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi