9 oyni xatolarsiz yopamiz:
15 mart
2021 yil uchun
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar tomonidan:
- 2021 yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (Nizomning 1-4-b., AV roʻyxat raqami 942, 3.07.2000 y.);
- 2021 yil dekabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlov toʻlashning SOʻNGGI KUNI *, ** (SK 389-m. 1-q. 2-b. SK 390-m. SK 407-m. 4-5-q.);.
- 2021 yilning dekabr oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI * ( SK 454-m. 3-4-q.);
- 2021 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning SOʻNGGI KUNI*, *** (SK 447-m. 3-q. SK 448-m. 5-q.);
- 2021 yil uchun mol-mulk soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI*, **** (SK 417-m.);
- 2021 yil uchun Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan norezident yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk soligʻini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 10-q.).
*Quyidagilar:
- yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari va chet el firmalarining vakolatxonalari;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraliga qadar taqdim etadigan qolgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bundan mustasno.
**Hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqlarni toʻlaydigan faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan OʻzR nerezidentlari bundan mustasno.
***Quyidagilar bundan mustasno:
– joriy soliq davrining 15 dekabrigacha Hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan qishloq xoʻjaligi korxonalari;
– soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha Hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan norezidentlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
– soliqni yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha toʻlaydigan dehqon xoʻjaliklari.
****Quyidagilar bundan mustasno:
- hisobot davridan keyingi yilning 15 fevraliga qadar mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitobini taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan, Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan norezidentlar.
2022 yil uchun:
- 2022 yil fevral oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 2-b. SK 390-m. SK 407-m. 4 va 5-q.);
- 2022 yil mart oyi uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1 va 2-q.);
- 2022 yil fevral oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-m. 3–4-q).
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi