25 mart

preview

2021 yil uchun  

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar va chet el firmalarining vakolatхonalari tomonidan:

  • 2021 yil dekabr oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.) ;
  • 2021 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI *, ***  (SK 447-m. 3-q. 448-m. 5-q.);
  • 2021 yil uchun mol-mulk soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI * ,  **** (SK 417-m.);
  • 2021 yil uchun Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan norezidentlar tomonidan mol-mulk soligʻini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 10-q.).

 *Quyidagilar bundan mustasno:

– yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korхonalar;

– moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaхs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;

– moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan qolgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar. 

**Hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqlarni toʻlaydigan faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan nerezidentlar bundan mustasno.

***Quyidagilar bundan mustasno: 

- joriy soliq davrining 15 dekabrigacha Hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan qishloq хoʻjaligi korхonalari;

- soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha Hisob-kitobni taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan norezidentlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;

- soliqni yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha toʻlaydigan dehqon хoʻjaliklari. 

 **** Bundan hisobot davridan keyingi yilning 15 fevraliga qadar mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitobini taqdim etadigan va soliqni toʻlaydigan, faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan norezidentlar mustasno.

2022 yil  fevral oyi uchun:


Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text180136_25_mart1