Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 fevral
- 2022 yil fevral oyi uchun qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmaganlar jumlasiga kiradigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 432-m. 1-q.);
- 2022 yil fevral oyi uchun alkogol mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanadigan hamda umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 460-m. 5-q).
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi