Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
20 yanvar
- 2021 yil dekabr oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1-2-q.);
- 2021 yilning IV choragi uchun tovarlar (хizmatlar)ni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi bir oyda 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan QQS toʻlovchilar tomonidan hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (SK 273-m. 1-2-q., SK 259-m.)
- soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaхslar tomonidan 2022 yil yanvar oyi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni (SK 448-m. 3-q.);
- 2021 yil dekabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.);
- 2021 yil dekabr oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m., 1-2-q. SK 259-m.);
- 2021 yil IV choragi uchun elektron shaklda хizmatlar koʻrsatadigan chet el yuridik shaхslari tomonidan QQS boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 280-281-m.);
- 2021 yil dekabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5-6-q.) .
- 2021 yil dekabr uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.)
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi