Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 yanvar
- 2022 yil yanvar oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 2-q.).
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q. SK 86-m. 6-q).
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi