Aprel oyida foydali boʻladi:
10 dekabr
- 2021 yil dekabr oyi uchun aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarni yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2021 yilning IV choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);
- 2021 yil noyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292, 293-m.);
- 2021 yil noyabr oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q).
- 2021 yil noyabr oyi uchun alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan «Sogʻlom turmush tarzi» platformasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga yigʻim boʻyicha hisobotni taqdim etish va yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 2-ilovaning 8-9-b.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi