20 dekabr

preview
  • 2021 yil noyabr oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m.);
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini (SK 448-m. 3-q.): 

2021 yil dekabr oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan yuridik shaхslar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI;

– 2021 yilning IV choragi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI; 

  • 2021 yil noyabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi  (SK 355-m. 1-2-q.);
  • 2021 yil noyabr oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. (SK 273-m., 1-2-q.. Bunda Hisob-kitob ortib bormaydigan yakun bilan, aynan 2021 yil noyabr oyi uchun koʻrsatkichlar asosida toʻldiriladi* (SK 259-m.);
  • 2021 yil noyabr oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.);
  • 2021 yil noyabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi  (SK 345-m. 5-6-q.) .

 QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari hisobotni oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etadi SK 273-m. 4-q.  


Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text180161_20_dekabr