9 oyni xatolarsiz yopamiz:
10 noyabr
- 2021 yil noyabr oyi uchun aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarni yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.).
- 2021 yil oktyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292, 293-m.).
- 2021 yil oktyabr oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishning soʻnggi kuni (SK 133-m. 12-q.).
- 2021 yil oktyabr oyi uchun alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan «Sogʻlom turmush tarzi» platformasi gʻaznachilik hisobvaragʻiga yigʻim boʻyicha hisobotni taqdim etish va yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (28.04.2021 yildagi 253-son VMQga 2-ilovaning 8-9-b.).
- vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korxonalar tomonidan 2021 yilning III choragi uchun moliyaviy hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI* (AV tomonidan 3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi).
*Quyidagilar bundan mustasno:
- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari va chet el firmalarining vakolatxonalari;
- hisobotni har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasiga qadar taqdim etadigan boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari.
Buxgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi