9 oktyabr

preview
  • Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan moʻljallanayotgan hajmdan kelib chiqqan holda 2021 yilning IV choragi oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 11-q.).
  • 2021 yil oktyabr oyi uchun aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmaganlar jumlasiga kiradigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2020 yilning IV choragi yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q). 

* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q. SK 86-m. 6-q.).


Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text180174_9_oktyabr