Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
15 oktyabr
- 2021 yil sentyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlov toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 2-b.SK 390-m.SK 407-m. 4 va 5-q.);
- 2021 yil sentyabr oyi uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1 va 2-q.).
- 2021 yilning III choragi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI SK 470-m. 3-4-q.
Buхgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi