24 oktyabr

preview

* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.

Agar muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q. SK 86-m. 6-q..

**Quyidagilar bundan mustasno:

- moliyaviy hisobotni hisobot choragi tugaganidan keyin 40 kun mobaynida taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korxonalar;

- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari va chet el firmalarining vakolatxonalari;

- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;

- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar 


Buxgalter taqvimi - “SBX” gazetasi va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text180180_24_oktyabr