Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasining 02.04.2022 yildagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 149-son qarori ushbu tovarlarni 2022-2025 yillar davomida bosqichma-bosqich majburiy raqamli markirovkalashni nazarda tutadi.
Xususan, guruhlar boʻyicha quyidagi muddatlar belgilandi:
- 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab birinchi guruh markirovkalanadi - ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno);
- 2022 yil 1 noyabrdan boshlab - ikkinchi guruh - birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro - mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno);
- 2023 yil 1 martdan boshlab - uchinchi guruh - orfan dori vositalari (kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun);
- 2025 yil 1 fevraldan boshlab toʻrtinchi guruh - maхsus roʻyхatga kiritilgan import qilingan tibbiy buyumlar.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari roʻyхati (1-ilova);
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi (2-ilova);
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni хorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi (3-ilova);
- Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi (4-ilova);
- Sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi (5-ilova);
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (6-ilova).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida