Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligi tomonidan Byudjet hisobining standarti (13-sonli BHS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar» tasdiqlandi (AV roʻyхat raqami №3361, 1.04.2022 y.). Standart 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
13-sonli BHS standartidan byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa nobyudjet jamgʻarmalarining quyidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarini tuzishda foydalaniladi:
- konsolidatsiyalashgan byudjetning jamlanma hisoboti (1-ilova);
- konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot (2-ilova);
- konsolidatsiyalashgan byudjet хarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot (3-ilova);
- konsolidatsiyalashgan byudjetning debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi ma’lumot (4-ilova);
- konsolidatsiyalashgan byudjetning nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobot a (5-ilova).
Choraklik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar esa kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga koʻra tuziladi.
Mavzuga doir tushuntirishlar:
- (IFRS) 10 – Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot;
- MHXS boʻyicha tushum qanday tan olinadi – umumiy qoidalar;
- Asosiy vositalar dastlab tan olinganidan keyin qanday hisobga olinadi.
![]()