9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Davlat ulushiga ega ta’sischisi mavjud korxonalar majburiy auditdan oʻtishi kerakmi? Buni Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi departamenti direktori oʻrinbosari Asal XAShIMOVA tushuntirdi:

– “Har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyxati “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda
belgilangan.
Ushbu roʻyxatga ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan tashkilotlar va davlat unitar korxonalari ham kiradi. Ular ham, boshqalar ham qonunchilikda belgilangan tartibda tijorat tashkilotlari ishtirokchilari boʻlishi mumkin.
Ishtirokchilari (ta’sischilari) tarkibida davlat korxonalari yoki davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan tashkilot hisoblanmaydi.
Binobarin, tashkilot ishtirokchilari (ta’sischilari) tarkibida davlat korxonalari yoki davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan korxonalar mavjud boʻlsa, biroq bunda tashkilotning oʻzi har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyxatida nazarda tutilgan hech qanday alomatlarga yoki shartlarga muvofiq kelmasa, u bunday auditdan oʻtishi shart emas. Bunda u oʻz tashabbusiga koʻra auditdan oʻtish huquqiga ega
.
Davlat korxonalari reyestri va davlatga tegishli ulushga ega boʻlgan korxonalar roʻyxati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot tizimida joylashtirilgan. U xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida oʻziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshiradi
.
Davlat korxonalari istisno holatlarda faqat Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tashkil etilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari uning ta’sischisi boʻlishi mumkin. Bunda davlat korxonasi davlatning boshqa korxonasi ta’sischisi boʻlishga haqli emas.
Quyidagi auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishiga yoʻl qoʻyiladi:
- shtatida - kamida ketma-ket 3 yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan kamida 2 nafar auditor mavjud boʻlgan;
- ish sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish natijalariga koʻra, auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi hollari mavjud boʻlmagan.
Banklarning auditorlik tekshiruvi shtatida banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida 2 nafar auditor mavjud boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi.
Auditorlik tashkilotlari reyestriga havola boʻyicha kirish mumkin.
Shuningdek, Moliya vazirligining saytida Xalqaro audit tarmogʻi va xalqaro uyushmalar a’zolari boʻlgan auditorlik tashkilotlari roʻyxati joylashtirilgan.
Kimlar 2022 yilda majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozimligi va bunga qanday tayyorgarlik koʻrish haqida quyidagi materialda batafsil oʻqing:
![]()