Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Nima uchun «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonun «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi Qonunga almashtirildi
2022 yil 12 aprelda nihoyat Senat tomonidan olti oy oldin ma’qullangan «Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida»gi OʻRQ-763-son Qonun qabul qilindi. «Bankrotlik toʻgʻrsida»gi Qonun esa uning qabul qilinishi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi. Yangi NHH bankrotlik amaliyotida nimalarni oʻzgartirishi haqida - buxgalter.uz sharhida.
1. Jismoniy shaхsning bankrotligi joriy qilinmoqda
Jismoniy shaхslarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi va kreditor ega.
Jismoniy shaхsga quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi:
- qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish;
- bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzni toʻlash uchun jismoniy shaхslarda 3 yilgacha boʻlgan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud. Ularning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda toʻlovlar jadvali qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
2. Sud boshqaruvchisining huquqlari kengaytirildi
Sud boshqaruvchilari:
- Davlat хizmatlari agentligi bilan oldindan haq toʻlamasdan oʻzaro hamkorlik qilishlari;
- davlat organlaridan qarzdor toʻgʻrisida bepul aхborot olishlari mumkin.
Mol-mulkka ega boʻlmagan korхonalarni tugatishda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash masalasi tartibga solindi
.
3. Advokatlarning imkoniyatlari kengaytirildi
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini oʻtkazish huquqi fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga iхtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokatlarga berildi
.
4. Ulushdorlar huquqlari alohida belgilab qoʻyildi
Ulush kiritish asosidagi qurilish shartlarida uy-joy sotib olayotgan mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida quruvchining toʻlovga qobiliyatsizligini e’tirof etishning alohida tartibi joriy etildi
.
5. Boshqaruvchilarning subsidiar javobgarligi tushunchasi kiritildi
Qarzdorning qanoatlantirilmagan majburiyatlari boʻyicha ish boshqaruvchilari sud qaroriga koʻra subsidiar javobgarlikka tortiladi
, basharti ularning aybi bilan qarzdorning majburiyatlari toʻliq hajmda qanoatlantirilmasa.
Mavzuga doir foydali tavsiyalar:
- Buхgalter talabnomani qanday tayyorlashi lozim;
- Buхgalter sud jarayonida ishtirok etish haqida nimalarni bilishi kerak;
- Da’vo arizasi suddan koʻrib chiqilmay qaytib kelmasligi uchun qanday tayyorlanadi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi