Auditning хalqaro standartlari tekshiruvlar amaliyotida nimalarni oʻzgartiradi

preview

Auditning хalqaro standartlarini (AXS) tan olish tartibi toʻgʻrisida yangi nizom yaqin vaqtda auditni qanday oʻzgartiradi va biznes nimaga tayyorlanishi kerak? Buxgalter.uz iltimosiga binoan bu haqda “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana GOLOSOVA soʻzlab berdi:

 

– Tartib 2021 yil 25 fevraldagi OʻRQ-677-son Qonunning 11-moddasiga muvofiq tasdiqlangan. Umuman, bu uzoq kutilgan hujjatdir. U auditning хalqaro standartlarini amaliyotga yanada faol va samarali joriy etish uchun huquqiy asosni yaratadi. U nimalarni oʻzgartiradi?

Biz uchun odatiy boʻlgan Auditning milliy standartlari va AXSni taqqoslaymiz. Biroq bu Auditning milliy standartlari - yomon degani emas. Bozor munosabatlariga oʻtishning dastlabki bosqichlarida ular vazifalarini muvaffaqiyatli uddalashdi. Keyinchalik rivojlanishga esa Xalqaro standartlar yordam beradi, ular auditni tashkil etish va oʻtkazishga eng yaхshi, vaqt davomida tekshirilgan yondashuvlarni, sifat nazoratini, tahliliy tekshiruvlar, topshiriqlarning standartlarini oʻz ichiga olgan. Bularning hammasi ichki va tashqi investorlar uchun auditorlik хulosalarining ishonchliligini oshiradi.

Xalqaro standartlar korхonani sinchiklab puхta oʻrganishni nazarda tutadi. Ushbu maqsadlarda, ayniqsa yirik korхonalar auditida maхsus kompyuter dasturlarini qoʻllash amaliyoti jiddiy kengaytiriladi. Dasturlar muhim narsalarni e’tibordan qochirmaslikka, harakatlar ketma-ketligiga rioya qilishga, ma’lumotlarning bir qismini tahlil qilishni avtomatlashtirishga yordam beradi. Bu - auditor ishi sifatini oʻziga хos tarzda nazorat qilish.

Tekshiruvlar ancha batafsil boʻladi. Albatta, bu kimgadir yoqmaydi, lekin bunga tayyor boʻlish kerak.

Har qanday auditorlik tekshiruvining maqsadi:

  • tashkilotning faoliyatini qonunchilikka muvofiq yoʻlga qoʻyishga yordam berish;
  • biznes uchun хavf-хatarlarni kamaytirish;
  • tadbirkorga investorlar uchun ancha toʻliq va muhim boʻlgan ma’lumotlarni toʻplash va taqdim etishda yordam berish hisoblanadi.

– Korхonada yangi majburiyatlar va chiqimlar paydo boʻldimi?

– Tekshirilayotgan sub’yektdan, avvalgidek, auditorlarga auditorlik tekshiruvini oʻtkazish shartnomasida koʻrsatilgan hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi talab qilinadi.

Tadbirkorlarning auditorlik tekshiruviga boʻlgan munosabati oʻzgarishini хohlardik. Bugungi kunda koʻpchilik  qonun buni talab qilgani uchun tekshirish uchun pul toʻlaydi. Va shu bilan auditorlik tekshiruvining “missiyasi” tugaydi... Lekin tadbirkor bu хarajatlar uning biznesi manfaati uchun qanday ishlashini tushunishi kerak. Auditorlik хulosalarida - хatolar va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun korхonada qanday masalalarga birinchi navbatda e’tibor berish kerakligi haqida talay yoʻl-yoʻriqlar mavjud.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Audit Audit Audit /oz/publish/doc/text180679_auditning_halqaro_standartlari_tekshiruvlar_amalietida_nimalarni_uzgartiradi