Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligi yangi Choraklik va yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat hisobot topshirishning belgilangan muddatlarini uzaytiradi.
Quyidagi muddatlarni belgilash taklif qilinmoqda:
1. BHMS asosida:
- yillik hisobotlar uchun - hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay;
- choraklik hisobot uchun - hisobot choragi tugagandan keyin 40 kun mobaynida.
2. MHXS asosida:
- yillik hisobotlar uchun - hisobot yilidan keyingi yilning 15 iyunidan kechiktirmay;
- choraklik hisobot uchun 2023 yildan boshlab - hisobot choragi tugagandan keyin 40 kun mobaynida.
Hujjat qabul qilinishi bilan amaldagi Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
Manbaga qarang.
![]()