Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 may
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2022 yil may oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI*. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi har chorakning uchinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 432-m. 1-q.)
• 2022 yil may oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (SK 460-m. 5-q.)
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi