10 may

preview

• mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2022 yil may oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning birinchi oyi 10-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.); 

• 2022 yil aprel oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-293-m.).

• 2022 yil aprel oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.).

• 2022 yilning I choragi uchun vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa organlar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (3.07.2000 yilda 942-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Nizomning 4-b.)


*Quyidagilar bundan mustasno:

- yillik moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalari va chet el firmalarining vakolatxonalari;

 

- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari;

– hisobotni har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasiga qadar taqdim etadigan boshqa xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar;

- moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar.


Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text181026_10_may