Ijtimoiy toʻlovlar miqdori 2022 yil 1 maydan qanday oʻzgardi

preview

Prezidentning 29.04.2022 yildagi PF-128-son Farmoni bilan 2022 yil 1 maydan boshlab pensiya va ijtimoiy nafaqalarning miqdorlari oshirildi:

 

  • yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12%ga oshirildi;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 324 ming soʻmni tashkil etadi;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori - oyiga 633 ming soʻm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori - oyiga 698 ming soʻm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa miqdori - oyiga 698 ming soʻm;
  • 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda - oyiga 3 mln 80 ming soʻm;
  • belgilangan eng kam miqdordan kelib chiqib hisoblanadigan yoshga doir pensiyalar miqdori - oyiga 698 ming soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori - oyiga 500 ming soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda - oyiga 500 ming soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori - oyiga 500 ming soʻm - keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 185 ming soʻmdan qoʻshilgan holda;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori - oyiga 500 ming soʻm, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlangan holda.

Shuningdek, hujjatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali 2022 yil 1 aprelga qadar хatolar va teхnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalarning hisobdan chiqarilishi nazarda tutilgan.

 

Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text181137_ijtimoiy_tulovlar_miqdori_2022_yil_1_maydan_qanday_uzgardi