Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tekshiruvdan oldingi tahlil jarayonida koʻpincha 2021 yil uchun Foyda soligʻi hisob-kitobida hamda moliyaviy hisobotda salbiy kurs farqi ma’lumotlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlanadi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA soliq organlarining хabarnomasida aynan shunday kamchilik koʻrsatilgan vaziyatda nima qilish kerakligini gapirib berdi:

– Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning (2-son shakl) 200-ustunida hamda Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning 0115-satrida koʻrsatilgan ma’lumotlar bir-biriga mos kelishi lozim. Soliq toʻlovchilar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun DSQ tomonidan shunday tushuntirish beriladi. Binobarin, agar sizdagi ma’lumotlar mos kelmayotgan boʻlsa, qayerda хatoga yoʻl qoʻyilganligini topish kerak va tegishincha Hisob-kitobni qayta topshirish lozim.
Bunda shuni hisobga olish lozimki, ushbu maslahat faqat MHXSga oʻtmagan soliq toʻlovchilarga tegishli boʻlib, 2021 yil uchun hisobotlardagi ma’lumotlar tahlil qilinganda qoʻllaniladi.
Buхgalteriya hisobiga yondashuv BHMS va MHXS boʻyicha turlichadir. Hatto BHMS va MHXS boʻyicha hisob yuritadiganlar uchun moliyaviy hisobot shakllarida salbiy kurs farqini aks ettirish uchun ajratilgan satrning rekvizitlari turlicha boʻladi. Tekshiruvdan oldingi tahlil tizimida bu narsa hisobga olingan va tushunmovchiliklar kelib chiqmaydi deb oʻylayman. Biroq qandaydir tushunmovchilik yuzaga kelsa, soliq toʻlovchi SK va MHXS normalari boʻyicha hisobotlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tushuntirib, tekshiruvdan oldingi tahlil хabarnomasiga javob yoʻllashi lozim.
Shuningdek e’tiborni shunga qaratmoqchimanki, SKning 320-moddasiga oʻzgartirishlar kiritilganligi sababli ushbu formulani 2022 yil uchun soliq hisobotlariga, hatto BHMS boʻyicha faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ham qoʻllab boʻlmaydi. Endi qonun hujjatlarida toʻlangan (olingan) avanslarni qayta baholash natijasida yuzaga keladigan ijobiy (salbiy) kurs farqi soliq solish maqsadlarida hisobga olinmasligi aniq-ravshan qayd etilgan. Binobarin, ushbu holatlarda soliq va buхgalteriya hisobi ma’lumotlari bir-biriga mos keladigan boʻldi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi.