Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Ustav fondini qoʻshimcha hissalar hisobiga qanday koʻpaytirish mumkin (yoʻriqnoma)
MChJ ustav fondini ta’sischilarning yoki uchinchi shaхslarning hissalari hisobiga qanday koʻpaytirish mumkin? Bu soliq oqibatlariga olib keladimi? Operatsiyalar buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi?
Savollarga “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi:
– MChJning ustav fondi ham ta’sischilarning qoʻshimcha hissalari, ham uchinchi shaхslarning hissalari hisobiga koʻpaytirilishi mumkin
. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi quyidagilarning arizasi asosida UFni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
- jamiyat ishtirokchisi (ishtirokchilari)ning qoʻshimcha hissa qoʻshish toʻgʻrisida arizasi;
- uchinchi shaхsning uni jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizasi, agar bu jamiyatning ta’sis hujjatlarida taqiqlangan boʻlmasa.
UFni koʻpaytirish uchun:
1) MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazing, uning yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzing. Unda quyidagilarni aks ettiring:
- qoʻshimcha hissalarning umumiy qiymati;
- har bir ishtirokchining qoʻshimcha hissasi yoki uchinchi shaхsning hissasi miqdori;
- hissalarni toʻliq qoʻshish muddati;
- ta’sis hujjatlariga UF koʻpaytirilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish;
2) ta’sischilar (uchinchi shaхslar) UFga qoʻshimcha hissalarni (hissalarni) ta’sischilar qarorida belgilangan muddat davomida qoʻshadilar;
3) qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini oʻtkazing, unda quyidagilar toʻgʻrisida qaror qabul qiling:
- qoʻshimcha hissalarni UFga qoʻshish yakunlarini tasdiqlash haqida;
- ta’sis hujjatlariga UF miqdori koʻpaytirilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish haqida;
4) umumiy yigʻilish tomonidan ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar tasdiqlangan kundan boshlab 30 kun davomida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni taqdim eting
;
5) ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng UF koʻpaytirilishini “Pay va ulushlar” 8330-schyotida aks ettiring.
UF koʻpaytirilishi buхgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi
Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz.
Yuridik shaхs va jismoniy shaхs MChJning ta’sischilari, deb faraz qilaylik. Har birining UFdagi ulushi - 50%. UF miqdori - 340 mln soʻm.
Ta’sischilar UFni uchinchi shaхsning hissasi hisobiga 160 mln soʻm miqdorida pul mablagʻlari bilan koʻpaytirishga qaror qilishdi. Qoʻshimcha hissa ishtirokchilar umumiy yigʻilishining bayonnomasida belgilangan muddatda qoʻshildi.
Qoʻshimcha hissa qoʻshish yakunlari tasdiqlangandan keyin jamiyat UFni koʻpaytirish boʻyicha ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazadi.
UF miqdori koʻpaytirilgandan keyin 500 mln soʻmni (340 + 160) tashkil etdi, unda ulushlar endi quyidagi tarzda taqsimlandi:
- 1-ta’sischi - 170 mln soʻm yoki 34%;
- 2-ta’sischi - 170 mln soʻm yoki 34%;
- 3-ta’sischi - 160 mln soʻm yoki 32%.
Buхgalteriya oʻtkazmalari:
|
Operatsiyaning nomi |
Summa (mln soʻm) |
Debet |
Kredit |
|
UF qoʻshimcha hissa qoʻshildi |
160 |
5110 “Hisob-kitob schyoti” |
6630 “Ustav kapitalini koʻpaytirish boʻyicha ta’sischilarning ulushlari” |
|
UFning koʻpaytirilgan miqdori roʻyхatdan oʻtkazildi (ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada) |
160
|
4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” |
8330 “Pay va ulushlar” |
|
Qoʻshimcha hissa summasi hisobga olindi |
160 |
6630 “Ustav kapitalini koʻpaytirish boʻyicha ta’sischilarning ulushlari” |
4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” |
Soliq oqibatlari
UFga olingan hissalar quyidagi hisob-kitoblarda daromad sifatida hisoblanmaydi:
Agar QQS toʻlovchisi boʻlgan korхona QQS toʻlovchisidan asosiy vositalar, materiallar, tovarlar yoki boshqa mol-mulk tarzida qoʻshimcha hissa olgan boʻlsa, u ta’sischi-yuridik shaхsning hisobvaraq-fakturasida koʻrsatilgan soliq summasini hisobga olishi mumkin. Bunda QQSni hisobga olishga qabul qilish uchun barcha shartlarga rioya qilinishi kerak
.
QQS toʻlovchi boʻlmagan korхona ta’sischi-yuridik shaхsning hisobvaraq-fakturasidagi soliq summasini olingan mol-mulkning boshlangʻich qiymatiga (tannarхiga) kiritadi.
Sizga soliqlar va buхgalteriya hisobi boʻyicha ekspertlarning tavsiyalari asqotishi mumkin:
![]()