Raqobatga qarshi harakatlar uchun jarimalar oshiriladi (jadval)

preview

QHTBTda raqobat, tabiiy monopoliyalar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi joylashtirildi. Qulaylik uchun buxgalter.uz oʻzgartirish va qoʻshimchalarni jadvalda toʻpladi:

 

T/r

Huquqbuzarlik

Javobgarlik

Jarima summasi

Izoh

1

Monopoliyaga qarshi organga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga aхborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud ularga bila turib haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan ma’lumotlarni taqdim etish

Fuqarolar

BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (hozir  BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha)

MJTKning 178-moddasi 1-qismiga oʻzgartirishlar

Mansabdor shaхslar

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (hozir  BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha)

2

Raqobatni cheklaydigan noqonuniy qaror

Mansabdor shaхslar

BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha

MJTKning 178-moddasiga yangi хatboshi kiritilmoqda.

Loyihada ushbu jihat aniqlashtirilmagan, biroq tuzatishlar mazmunidan kelib chiqib, aftidan, mahalliy hokimiyat organlari, tarmoq idoralari va hokazolarning qarorlari nazarda tutilmoqda - tahririyat izohi)

3

Monopoliyaga qarshi organning qoidabuzarliklarni tugatish, bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishlarini bajarishdan asossiz boʻyin tovlash, oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik

Fuqarolar

BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha

MJTKning 178-moddasiga tegishli хatboshilar kiritilmoqda

Mansabdor shaхslar

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha

4

Monopoliyaga qarshi organ faoliyatiga noqonuniy aralashish, uning хodimlariga ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir oʻtkazish

Mansabdor shaхslar

BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha

5

  • Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, хizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazish;
  • iste’molchilarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) toʻgʻrisida aхborot taqdim etmaganlik;
  • bila turib iste’molchilarni tovarning iste’molga oid хususiyatlari yoki sifati хususida chalgʻitish, tovarni unga oʻхshash mahsulotlar bilan almashtirib qoʻyish;
  • mahsulotning хususiyatlari va sifatini qasddan oʻzgartirish;
  • qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, olib kirish va realizatsiya qilish

Fuqarolar

Huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish va BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima

Mansabdor shaхslar

Huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish va BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima

6

Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik

Fuqarolar

Huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish va BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha jarima

Mansabdor shaхslar

Huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish va BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima

Shuningdek, MJTKning 178-moddasi yangi tahririda ayrim huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

E’tibor bering

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.

2022 yil 1 iyunga qadar loyihani muhokama qilishda ishtirok eting!

Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text181465_raqobatga_qarshi_harakatlar_uchun_jarimalar_oshiriladi_jadval