Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
17 may kuni oʻtkazilgan tovar-хomashyo birjasida savdolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Prezident tomonidan mahalliy tadbirkorlar ulushini oshirish boʻyicha maqsadlar belgilab berildi. Xususan:
1 iyuldan boshlab:
- 500 000 tonna bugʻdoy birjaga chiqariladi, bunda fermerlardan garov talab etilmaydi, shu kuni toʻlov amalga oshiriladi;
- birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, unda mahalliy tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini ortiqcha hujjatlarsiz sotishlari mumkin boʻladi.
Keyinchalik:
- Oʻzbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari uchun birja toʻlovlari 2 baravarga qisqartiriladi;
- soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotgan yoki хarid qilgan tovarlari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazilmaydi;
- tadbirkorlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishda, bir vaqtning oʻzida, birjada ham hisobga olinadi.
Manbaga qarang.
Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:
- Tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilishda QQS qanday hisoblab chiqariladi;
- QQSni qachon hisobga olish mumkin;
- Soliq solinadigan va ozod qilingan aylanmalar mavjud boʻlganda QQS qanday hisobga olinadi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi